BDIRU delegatsiya bilan uchrashuv

  • Asosiy
  • BDIRU delegatsiya bilan uchrashuv

BDIRU delegatsiya bilan uchrashuv

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Belarus Respublikasining Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti prorektori V.Stempinskiy boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Uchrashuvda hamkorlikni yanada rivojlantirish, ta’lim va tadqiqot sohasida yangi loyihalarni ishlab chiqish, TATU-BDIRU AT qo‘shma fakultetida tahsil olayotgan talabalarning kelgusi faoliyatlariga doir masalalar muhokama qilindi.

Rasmiy uchrashuvdan so‘ng mehmonlarga universitetdagi ilmiy tadqiqot laboratoriyalari, talabalarning ishlanmalari taqdim etildi. Joriy oy boshida ochilgan Inkubatsiya markazida talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar tanishtirildi.