Qadrli vatandoshlar!
Barchangizni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining yigirma toʻqqiz yilligi munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!
1991-yil 18-noyabrda “Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi qonunning qabul qilinishi bilan mamlakat davlat suverenitetining ramzi – bayrogʻimiz tasdiqlandi. 29 yildan beri bayrogʻimiz yurtimizda va dunyoning nufuzli minbarlarida ozodlik va hurlik ifodasi sifatida hilpirab turibdi.
1992-yilning 2-martidan Oʻzbekiston toʻlaqonli suveren respublika sifatida tan olinganining ramzi sifatida bayrogʻimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh qarorgohi oldida ham hilpiray boshladi. Mana, yigirma toʻqqiz yildirki, u xalqaro maydonda mamlakatimizning kuch-qudrati, mustaqilligimizning jahonaro ifodasi, xalqimiz gʻururi va iftixori timsoli boʻlib xizmat qilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻiga boʻlgan hurmat – xalqqa, Vatanga boʻlgan ehtirom belgisidir. Yurtimiz bayrogʻi yuksaklarga koʻtarilgani sayin bizning kelajakka, yurtimiz ravnaqiga ishonchimiz ham oʻsib boradi.
Yana bir bor barcha vatandoshlarimizni bugungi qutlugʻ ayyom bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!