28 sentyabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “1 oktyabr – oʻqituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan, kengaytirilgan Kengash oʻtkazildi. Kengashda universitetning Oʻquv ishlari boʻyicha birinchi prorektori F.Agzamov barcha jamoa aʼzolari va professor-oʻqituvchilarni kasb bayramlari - “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” bilan tabrikladi. Tabrik yakunida 30 nafardan ortiq koʻp yillardan beri universitetda mehnat qilib kelayotgan faxriy ustozlar hamda samarali faoliyat yuritayotgan yosh oʻqituvchilarga universitet rahbariyatining Faxriy yorligʻi va tashakkurnomalari topshirildi.