Bayram muborak, Aloqachilar!

  • Asosiy
  • Bayram muborak, Aloqachilar!

Bugun, 7 – may "Aloqachilar kasb bayrami kuni" sifatida keng nishonlaniladi!

Shu munosabat bilan yurtimizda aloqa sohasida faoliyat yuritayotgan soha mutaxassislarini, shuningdek, universitetimiz professor-o‘qituvchilarini chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz!

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish Respublikamizdagi boshqa sohalarni jadal rivojlantirishga ijobiy taʼsir koʼrsatadi. Oʼzlarini kundalik mehnatlari bilan aloqa sohasi xodimlari mamlakatimiz rivojiga katta hissa qoʼshmoqdalar. Shuning uchun ularni mehnatlari qadrlash, eʼzozlash zarur!

Aloqachilar kasb bayramini nishonlash uchun ushbu sana bejiz tanlanmagan. Maʼlumki, 1895 yil 7 may kuni Aleksandr Popov birinchi radiopriyomnikni loyihalashtirdi va simsiz aloqa asosida birinchi seansni amalga oshirdi. Ushbu sana yillar davomida aloqachilar kasb bayramini nishonlanishiga asos boʼldi.


TАTU matbuot xizmati