Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti barchangizni Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti barchangizni Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi.

Ramazon Hayiti – bu mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik bayrami. Bu qutlug‘ kunlarda qalbimiz ezgulik va shukronaga to‘lib, atrofimizdagilarga yaxshilik ulashishga, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlashga undaydi. Ramazon hayiti bizga sabr-toqat, poklik va mehribonlik kabi ulug‘ qadriyatlarni eslatadi.

💫 Ushbu muborak ayyomda sizga va yaqinlaringizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxt va farovonlik tilaymiz. Har bir kuningiz mazmunli va fayzli bo‘lsin, xonadoningizda qut-baraka, qalbingizda esa nur va iliqlik barqaror bo‘lsin. Oilangiz davrasida go‘zal va baxtiyor damlarni boshdan kechiring!