Barcha oliygohlarda «Tadbirkorlik asoslari» fani o‘qitiladi

  • Asosiy
  • Barcha oliygohlarda «Tadbirkorlik asoslari» fani o‘qitiladi

Barcha oliygohlarda «Tadbirkorlik asoslari» fani o‘qitiladi

📅 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonning barcha oliy ta’lim muassasalarida "Tadbirkorlik asoslari" fani joriy etiladi.

🤝Mazkur fan doirasida talabalar biznes yuritishning asosiy tamoyillari, startaplarni yo‘lga qo‘yish, biznes-reja ishlab chiqish hamda o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlash bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

☑️ Yangi tashabbus yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish hamda iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.