Joriy yilning 12-dekabr kuni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida TATU faxriy bitiruvchilari - UZCARD kompaniyasi bosh direktori Olimjon Zakirov va bosh direktor o‘rinbosari Damir Shakirxanov ishtirokida talabalarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish, kasbiy faoliyatga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish hamda ularni bandligini ta’minlashga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi.
Qiziqarli o‘tgan seminarda UZCARD kompaniyasi rahbarlari tomonidan TATUda o‘qishni ta’momlab, hozirgacha bo‘lgan kasbiy faoliyatlari, kompaniyaning faoliyat yo‘nalishlari va universitetimiz talabalari uchun amaliyot, haq to‘lanadigan stajirovka o‘tash uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda kompaniyada faoliyat olib borishning afzal jihatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek tadbirda Universitetimizni tamomlab, hozirgi kunda kompaniyaning yetakchi mutaxassislari sifatida faoliyat yuritayotgan yosh bitiruvchilarimiz o‘z tengdoshlari bilan "Uzcarddagi karyeramning boshlanishi" mavzusida muhim bilim va tavsiyalari bilan bo‘lishdilar.