1-oktabr “O’qituvchi va murabbiylar kuni“ga bag'ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi

  • Asosiy
  • 1-oktabr “O’qituvchi va murabbiylar kuni“ga bag'ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi

#TATU
#Bayram_tadbiri

🏛Bugun, 3-oktabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni“ga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

🎉Tadbir boshida universitet rektori B.Maxkamov mamlakatimizda ta’lim tizimini yuqori bosqichga ko‘tarayotgan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani ado etishda, yosh avlodning tafakkur dunyosini shakllantirishda xizmat qilayotgan - ustoz va muallimlar mehnatlari beqiyos ekanligi ta’kidlab, ustozlarga hurmat va ehtirom ila chuqur minnatdorchilik bildirildi.

🎉🎉Tadbir davomida universitetimiz ijodkor talabalari ustozlar uchun maxsus sovg‘a sifatida zamonaviy qoshiqlarni jonli ijro etib, barchaga xush va bayramona kayfiyat ulashdilar.