Aziz yoshlar, qadrli talabalar, sizlarni “Yoshlar kuni” bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

  • Asosiy
  • Aziz yoshlar, qadrli talabalar, sizlarni “Yoshlar kuni” bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

      Yoshlik har bir inson hayotining kuchga to‘lgan, imkoniyatlar, orzu-umid va rejalarga boy, eng go‘zal davridir. Aynan mana shu davrda amalga oshirgan ishlarimiz kelgusi hayotimizni belgilab beradi.

      Bugungi kunda mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish, uni innovatsion asosda rivojlantirish, o‘z oldimizga qo‘yilgan ko‘p qirrali va murakkab vazifalarni amalga oshirish maqsadida zamonaviy va kreativ fikrlaydigan, har qanday vaziyatda ham mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan, g‘ayrat-shijoatli, intellektual salohiyati yuksak, vatanparvar yosh kadrlarga davlat va jamiyat boshqaruvida muhim vazifalar ishonib topshirilmoqda.

      Ayni paytda siz uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Mavjud iste’dodlaringiz, ko‘nikmalar va olingan bilimingizni maksimal darajada ro‘yobga chiqarish vaqti keldi. 

      Sizlar zamonaviy bilim va taraqqiyot choʻqqilarini egallab, oʻz amaliy ishlaringiz, gʻayrat-shijoatingiz bilan kelajakda davlatimiz rivoji uchun o‘z hissangizni qo‘shishingizga ishonamiz!

      Yuqori maqsadlarga erishish yo‘lida sizni hech qanday to‘siq to‘xtatmasin. Sizlarga sihat-salomatlik, shaxsiy va ijtimoiy hayotingizda yangi yutuq va omadlar tilayman!

      TATU yoshlari - talabalarimiz, yosh olimlarimiz va mutaxassislarimiz bizning faxrimiz va kelajagimizdir.

 

TATU rektori Baxtiyor Shuxratovich Maxkamov.