Aziz yoshlar!



2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga yakuniy tanlov natijalari — mandat e’lon qilindi.

Talabalikka tavsiya etilgan barcha yoshlarni ushbu quvonchli kun bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Bugun sizlar hayotingizdagi muhim bosqichni boshlamoqdasiz. Bu yutuq ortida yillar davomidagi mehnat, izlanish, ustozlar sabog‘i va ota-onalar ishonchi mujassam.

Sizlar — Yangi O‘zbekiston kelajagi, Muhtaram Prezidentimiz yuksak ishonch bildirgan yoshlarsiz. Oldingizda katta imkoniyatlar va ulkan maqsadlar turibdi.

Zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallab, Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan malakali mutaxassislar bo‘lib yetishishingizga ishonaman.

Barcha yangi talabalarni yana bir bor samimiy muborakbod etaman!

Talabalik baxti muborak bo‘lsin!