AZIZ VA BETAKROR UNIVERSITET QIZLARI!

  • Asosiy
  • AZIZ VA BETAKROR UNIVERSITET QIZLARI!

TATU Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan 11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan haftalik doirasida onlayn insho tanlovida ishtirok etishga mamnuniyat bilan taklif qilamiz!

Mavzu: “KELAJAK AYOL OVOZIDA YANGRAYDI”

🔺Mavzuning mohiyati:
Har bir qiz o‘z ovozi, qarori va orzusi orqali kelajakni yaratadi.
Kelajak bu uzoqdagi tush emas — u sizning ichingizda, sizning ishonchingizda, sizning harakatlaringizda boshlanadi.

📝Yozing — qanday kelajakni orzu qilasiz? Sizni nima ilhomlantiradi?
Qanday ayol ovozi bilan dunyoni o‘zgartirish mumkin deb o‘ylaysiz?
Sizning hikoyangiz — kimnidir orzu qilishga undashi mumkin.

🖥Format: onlayn (insholar @GulhayoIbadullayeva Telegram akkauntiga yuboriladi)
🗓So‘nggi muddat: 8-oktabr, chorshanba kuni soat 14:00 gacha
🏆G‘oliblar festivalning yakuniy yopilish marosimida taqdirlanadi!