Aziz TATU talaba-qizlari!

  • Asosiy
  • Aziz TATU talaba-qizlari!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan 11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan haftalik doirasida “Sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” shiori ostidagi VELOMARAFONida ishtirok etishga taklif etamiz!

✅Ushbu tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport orqali birlashish va talaba qizlar o‘rtasida do‘stona muhitni yanada mustahkamlashga qaratilgan.

Marafonda barcha fakultetlardan talaba qizlar ishtirok etishlari mumkin!

🎁Haftalik yakunida eng tezkor, eng bardoshli va eng faol qatnashchilar diplom va estalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi!

📝Ishtirok etishni istaganlar quyidagi Telegram manziliga ma’lumotlaringizni (F.I.Sh., fakultet, kurs) yuborib ro‘yxatdan o‘ting:
👉 @DilfuzaNurmuxamedova (https://t.me/DilfuzaNurmuxamedova)

📆10.10.2025
📍B-bino
⏰9:00

Marafonga qo‘shiling va sog‘lom hayot sari yo‘l oling!