Aziz talaba qizlar!

TATU xotin-qizlar maslahat kengashi sizlarni “AyTi Qizlar: Kelajak dasturchilari” shiori ostidagi Dasturiy Ishlanmalar Tanloviga barcha talaba qizlar, magistrantlar, doktorantlar va yosh olimalarni mamnuniyat bilan taklif etadi!

📆Bu tanlov 11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan haftalik doirasida bo‘lib o‘tadi.

✅Tanlov maqsadi:
Talaba qizlarimizning dasturlash sohasidagi iqtidorini ro‘yobga chiqarish va ularning AyTi ko‘nikmalarini rivojlantirish, zamonaviy dasturiy yechimlar yaratish orqali ijodiy va innovatsion fikrlashni targ‘ib qilish.

❗️Mazkur tanlovda TATUning barcha fakultetlaridan talaba qizlar, magistrantlar, doktorantlar va yosh olimalar ishtirok etishlari mumkin. Jamoaviy yoki yakka tartibda qatnashish ixtiyoriy.

🏆Haftalik yakunida eng amaliy ahamiyatga ega va eng mukammal bajarilgan loyiha mualliflari sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.

📝Ishtirok etishni istaganlar quyidagi Telegram manziliga ma’lumotlaringizni (F.I.Sh., fakultet, kurs, telefon raqam) yuborib 15.10.2025 sanagacha ro‘yxatdan o‘ting:
📱 @Madina_Eldarovna

Tanlovga qo‘shiling va o‘z AyTi qobiliyatingizni namoyish eting!