Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Xotin qizlar kengashi tomonidan ayollar o'rtasida sporting "Voleybol" turi bo'yicha musobaqa uyushtirildi.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Xotin qizlar kengashi tomonidan ayollar o'rtasida sporting "Voleybol" turi bo'yicha musobaqa uyushtirildi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 1-mart kuni xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi hamda ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarish va ayollarning jamiyatdagi o‘rnini yanada yuksaltirish va mustahkamlash, shuningdek, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, gender tenglikni qaror toptirish ko‘zda tutilgan.
Ushbu yig‘ilishda belgilangan vazifalarini bajarish maqsadida jismoniy-tarbiya va sportga keng jalb etish, jismoniy chiniqtirish, salomatligini mustahkamlash maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Xotin qizlar kengashi tomonidan ayollar o‘rtasida sporting "Voleybol" turi bo‘yicha musobaqa uyushtirildi.

Musobaqada universitetimiz ayol professor-o‘qituchilari hamda xodimlar qatnashishdi.
Musobaqa tasdiqlangan Nizom va baholash mezonlari asosida tashkiliy qo‘mita va malakali hakamlar boshqaruvida o‘tkazilib g‘oliblar aniqlandi.
1-o‘rin AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti
2-o‘rin Kompyuter injiniring fakulteti
3-o‘rin Radio va mobil aloqa fakulteti g‘olib deb topildi.

Musobaqa g‘oliblari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU rektori tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

"Donishmand xalqimiz hamisha ayollarni e’zozlab yashagan, xotin-qizlarga yuksak ehtirom ko‘rsatib yashash el-yurtimizda xos azaliy qadiyatga aylangan" - Sh.Mirziyoyev