

#live
Shu qulay sharoitda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hududida talabalarimiz chiroyli manzaralardan zavq olib, tabiat qo‘ynida dars qilishmoqda — ochiq havoda bilim olish esa yanada ilhom bag‘ishlamoqda.
Universitetimiz hududida tashkil etilgan, 20 dan ortiq turdagi qushlarni o‘zida jamlagan aviariydagi qushlar sayrashi esa barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, kuningizga alohida fayz qo‘shmoqda.
fotolavha muallifi: @nurbek_nasrullayev
🌤 Toza havo, musaffo osmon va ilm uyg‘unligi — TATUda ayni damlar shunday o‘tmoqda!