🏐 Ayni kunlarda Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Talabalar ligasi” doirasidagi voleybol musobaqasining shahar bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

  • Asosiy
  • 🏐 Ayni kunlarda Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Talabalar ligasi” doirasidagi voleybol musobaqasining shahar bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

🏆 Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining talaba-yoshlardan iborat terma jamoasi voleybol bo‘yicha boshqa OTM jamoalari bilan bellashdilar.

🏆 Bugungi musobaqa yakunida voleybol bo‘yicha Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti va Toshkent yuridik universitetlari talaba-yoshlari jamoalari ustidan TATU talaba-yoshlari jamoasi g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

🎉Ushbu g‘alaba bilan universitetimiz jamoasini tabriklaymiz! Keyingi, bosqichlarda ham omad yor bo‘lsin!