
Kiberxavfsizlik markazi mezbonligida o‘tayotgan konferensiya 25 davlatdan 40 dan ortiq ma’ruzachilarning taqdimotlari va panel munozaralari, sohada yetakchi kompaniyalarning o‘z yechimlarini namoyish etadigan ko‘rgazmalarni, kiberxavfsizlik xizmatlari bo‘yicha jahon miqyosidagi yetakchilarning seminar va ma’ruzalarini hamda tarmoq tadbirlarini o‘z ichiga olmoqda.
⚡️ Xususan, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonning milliy kiberxavfsizlik agentliklari hamda Kompyuter hodisalariga javob berish jamoalari (CERT) vakillari, shuningdek Estoniya Elektron boshqaruv agentligi, “Expertise France”, “FIRST”, “TSARKA” va Jahon bankining xalqaro mutaxassislari ishtirok etmoqda.