Axborotlashtirish va kutubxonashunoslikda BMI

  • Asosiy
  • Axborotlashtirish va kutubxonashunoslikda BMI

2016 yilning 30 may 1,3,4 iyun kunlari "Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik” ta’lim yo‘nalishi talabalarining bitiruv ishlari himoyalari o‘tkazildi. Himoyalarda Respublika axborot kutubxonasi direktori Alisher Atakuziev, RAKM direktor o‘rinbosari Nusrat Komilov, axborot kutubxona muassasalarining yetakchi mutaxassislari ishtirok etdilar. Jumladan, Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi direktori D.A.Ganieva, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi fundamental kutubxonasi direktori Z.Sh.Berdieva, "Bilim” AKM direktori X.K. Karimovalar ishtirok etishdi.

Bitiruvchilarning himoyalari soha korxonalari bilan aloqalarni yanada mustahkamlash, ta’lim jarayonini ishlab chiqarish bilan integratsiyalash maqsadida Respublika axborot kutubxona markazida tashkil etilgan "Axborot kutubxona tizimlari” kafedrasi filialida tashkil etildi. Bitiruv malakaviy ishlari mavzulari soha korxonalarining talab va takliflari asosida shakllantirilib, bajarilgan ishlar amaliyot bilan bog‘langan xolda amalga oshirilganligi DAK a’zolari tomonidan alohida ta’kidlandi.

Himoyada bitiruvchilardan Muminova Feruzaning O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasining fondi asosida bajarilib, mazkur kutubxonaga tadbiq etilgan "Создание электронной библиографической базы данных на тему «Флора и растительность Узбекистана» mavzusidagi bitiruv ishining amaliy ahamiyati O‘zRFAAK direktori tomonidan alohida ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, Toshnazarov Shohruxning Creation of digital library for study "Library and information science” disciplines in English" mavzusidagi, Yem Yuliyaning "Information navigation in databases of leading publishers”, Ten Irinaning "Информационно-библиографическое обеспечение этнографии Кореи”, Fayziev Mirsaidning "AKMlar xodimlariga onlayn axborot xizmatlar ko'rsatish dasturiy kompleksi”, Artikova Xilolaning "World open access resources digital library creation”, Bohodirov Ulug‘bekning "Toshkent kecha, bugun va ertaga" o‘lkashunoslik kartotekasi asosida to‘liq matnli ma’lumotlar bazasini yaratish va kitobxonlarning onlayn tartibda foydalanishini ta’minlash" (Bilim AKM fondi asosida) mavzularidagi  bitiruv ishlari dolzarb, ilmiy-amaliy jihatdan muhimligi bilan ajralib turdi.

Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, barcha bajarilgan bitiruv ishlari amaliyot bilan bog‘langan Respublika bolalar kutubxonasi, O‘zbekiston Respublikasi FAAK, Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi, Farmatsevtika instituti ARM, bir qator kollej ARMlarida amaliyotda joriy etilgan bo‘lib, bu universitetda ta’lim va amaliyotning bog‘liqligi kuchayganligidan dalolat beradi.
 
Axborotlashtirish va  kutubxonashunoslik  ta’lim yo‘nalishi  bitiruvchi talabalarining BMI ishlari himoyalari tugallandi