E’tiborlisi shundaki, selfi zona deb atash mumkin bo‘lgan ushbu hududda nafaqat vaqtni bilish, rasmga tushish, balki soat raqamlari o‘rniga o‘rnatilgan, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan nashr qilingan kitoblarning elektron variantini QR kod orqali yuklab olish ham mumkin.
📚 Bundan tashqari ushbu qavatda kafedraning “Ma’naviyat burchagi” sifatida ochiq fondga ega kichik kutubxona ham yaratilgan. Kitoblarning ruxsatsiz olib ketilmasligi uchun u RFID qurilmasi bilan jihozlangan.
📝 Professor-o‘qituvchilar va talabalar ushbu ochiq fondni to‘ldirishda ishtirok etish orqali bilimlarni ulashish va kitob mutolaasini oshirishda o‘z hissasini qo‘shishlari mumkin.