Assalomu alaykum aziz ustozlar, jonkuyar o‘qituvchi va murabbiylar!
Sizlarni bugungi ulug‘ bayram “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman!
Haqiqatan ham, ko'z nuri-yu qalb qo'rini, butun ongli hayotini yosh avlodga bilim va tarbiya berishga, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishga bag'ishlagan, bir so'z bilan aytganda, Vatanimizning ertangi kunining poydevorini yaratayotgan siz azizlarning mehnatingizga har qancha e'tirof etsak ham ozdir. Ustoz deganda, har biri insonning ko'nglida chuqur hurmat - ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg'ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o'lchab va ado qilib bo'lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo'ladi. Mashxur insonlarning aynan yuqori cho'qqilarga erishishlari ham siz azizlarning beqiyos zahmatingiz natijasidir.
Uchinchi renessans ostonasida turgan Vatanimizni istiqbolli rejalarini amalga oshirishda, har tomonlama yuksaltirishga xizmat qiladigan yosh avlodni intellektual salohiyatli, chin insoniy tuyg‘ular ruhida kamol toptirishda sizlarning o'rningiz beqiyos. Barchamiz uchun beqiyos ibrat namunasi, yuksak insoniy fazilatlar timsoli bo‘lgan sizlar kabi aziz va mo‘tabar zotlar oldida hamisha o‘zimizni qarzdor his etib yashaymiz.
Qadrli hamkasblar, qutlug‘ bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, ezgu faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman. Hamisha sog‘-omon bo‘ling, muhtaram ustozlar!