
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va Bojxona instituti (BI) talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan armrestling turniri murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Bellashuv yakunlariga ko‘ra, TATU sportchilari 4:3 hisobida g‘alaba qozonishdi!
Bu g‘alaba TATU sport jamoasi uchun muhim bosqich bo‘ldi. Talabalarimizni g‘alaba bilan tabriklaymiz va ularga keyingi musobaqalarda ham muvaffaqiyat tilaymiz!
📝 Ma’lumot o‘rnida: Bojxona instituti jamoasi oliy ta’lim muassasalari orasida 3 yildan beri birinchilikni boy bermay kelayotgan edi. Ular safida O‘zbekiston va Osiyo miqyosidagi sovrinli sportchilar ham bor.