Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov va universitetimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan AQSHning Binghamton universiteti delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu uchrashuvda hamkorlik aloqalarini kengaytirish xususan, akademik mobillilikni yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va doktorantlar uchun Binghamton universitetida qisqa muddatli stajirovka dasturlarini tashkil etish, shuningdek, TATUda magistratura bosqichini tamomlagan talabalarga Binghamton universitetida doktoranturada o‘qishlarini davom ettirish uchun 100 foizlik grant dasturlarini taqdim etish muhokama qilindi va kelishuvlarga erishildi.