AQShdagi St. Louis Universitetiga tashrif

  • Asosiy
  • AQShdagi St. Louis Universitetiga tashrif

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Sun’iy intellekt kafedrasi mudiri prof.X.Zaynidinov, Texnologiyalar transferi, inkubatsiya va akseleratsiya bo‘limi boshlig‘i S.Maxmudjanovlar AQShdagi St. Louis University(SLU) (TOP-950 o‘rinda qayd etilgan)  universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ikki universitetlar o‘rtasida sun’iy intellekt sohasida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari St. Louis University(SLU)  Kompyuter ilmi (Computer Science) fakulteti professori Dh.Singh bilan TATUda hamkorlikda amalga oshirilayotgan fundamental ilmiy tadqiqot loyihasi bo‘yicha olingan natijalar tahlil etilib, 2024-yilda birgalikda qo‘shma loyihlarni bajarishga kelishildi.

Ma’lumot uchun: St. Louis University(SLU)  Kompyuter ilmi (Computer Science) fakulteti professori Dh.Singh, TATUda Prof.X.Zaynidinov rahbarligida amalga oshirilayotgan, 2021-2024 yillarga mo‘ljallangan “Bo‘lak-polinomial bazislarda signallar va tasvirlarga raqamli ishlov berishning intellektual dasturiy-texnik tizimlarini yaratishning nazariy-metodologik asoslari“ mavzusidagi fundamental ilmiy tadqiqot loyihasining hamrahbari  hisoblanadi.