2020-yil 16-17 dekabr kunlari “AQSH OTMlarining o‘qitish texnologiyalarini TATUga transfer qilish” loyihasi doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Fullertondagi Kaliforniya davlat universiteti (AQSH) bilan hamkorlikda xalqaro onlayn vebinar bo‘lib o‘tdi. Unda hamkor universitetning Iqtisodiyot fakulteti dekani Murtaza Rahmatian, Iqtisodiyot fakulteti professori Marcia (Clark) Lucas hamda Matematika fakulteti professori Zair Ibragimov, TATU tomonidan “AKT sohasida iqtisodiyot”, “Menejment va marketing” kafedralari professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilar, magistrantlar hamda talabalar qatnashdilar.
Vebinarda Fullertondagi Kaliforniya davlat universiteti professori, CFA sertifikati egasi, professor Marcia (Clark) Lucas tomonidan “Pandemiya sharoitida jahon qimmatli qog‘ozlar bozorlari, ularning tahlil va prognozlarini baholash to‘g‘risida” mavzusida maʼruza qildi. Maʼruza jarayonida zamonaviy dasturiy vositalarni (Blumberg va FASTSET) qo‘llash, ularning imkoniyatlari va ulardan foydalanish tartiblari haqida maʼlumot berdi. Maʼruza jahon qimmatli qog‘ozlar bozori, ularning instrumentlari va bu sohaga investitsiyalar qilish masalalariga bag‘ishlandi.
Kelgusida bu kabi dasturiy komplekslarni Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “AKT sohasida iqtisod” kafedrasi qoshida Jahon banki va O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi moliyaviy ko‘magi yordamida tashkil etilayotgan “Moliyaviy laboratoriyada” qo‘llash masalalari ham muhokama qilindi.
Kaliforniya davlat universiteti professorlari kelgusi yilda universitetga tashrif buyurib, mazkur laboratoriyada o‘quv-mashg‘ulotlari tashkil etishga yordam berishlari to‘g‘risida kelishib olindi.
TATU matbuot xizmati