TATUda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 684-yilligiga bag‘ishlab “Amir Temur tarixi bilimdoni” savol-javoblar tanlovi eʼlon qilindi

  • Asosiy
  • TATUda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 684-yilligiga bag‘ishlab “Amir Temur tarixi bilimdoni” savol-javoblar tanlovi eʼlon qilindi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 9-aprel - buyuk bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temur tavalludining 684-yilligiga bag‘ishlab TATU talabalari uchun “Amir Temur tarixi bilimdoni” savol-javoblar tanlovini eʼlon qiladi.

Savol-javoblar shu yilning 10-aprel kuni 11:30 dan 12:10 gacha TATU matbuot xizmatining rasmiy @tuituz_official telegram kanalida o‘tkaziladi.

Yarim soat davomida Amir Temur hayotiga oid 25ta savol beriladi. Siz ushbu savollarga javob topib, @tuit_javoblar telegram manziliga yuborishingiz kerak bo‘ladi. Savollar ketma-ket har ikki daqiqa ichida berib boriladi. Keyingi savol berilgunga qadar oldingi savolning javobini yuborishingiz kerak bo‘ladi. Keyingi savol berilganidan keyin avvalgi savolning javobi qabul qilinmaydi.

Eng ko‘p savollarga birinchi bo‘lib javob bergan tanlovning 3 nafar ishtirokchilari g‘olib deb topiladi va 1-o‘rinni egallagan ishtirokchiga 1 000 000 so‘m, 2-o‘rinni egallagan ishtirokchiga 700 000 so‘m, 3-o‘rinni egallagan ishtirokchiga 400 000 ming so‘m pul mukofoti beriladi.

Agarda kuchlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, yaʼni, 1 ta o‘ringa 2 yoki 3 nafar talabgor bo‘lib qolganda ajratilgan summa g‘oliblar o‘rtasida teng taqsimlanadi.

Tanlovda TATU va uning 5ta hududiy filiallari talabalari kursidan qatʼiy nazar ishtirok etishlari mumkin.

Marhamat! 9-aprelga qadar tayyorlaning va shu kuni bilimingizni sinab ko‘ring!

TANLOV BOSHLANDI!!! MARHAMAT UYDA QOLIB TANLOVIMIZDA ISHTIROK ETING HAMDA KARANTINDAGI VAQTINGIZDAN UNUMLI FOYDALANGAN HOLDA O‘Z IQTIDORINGIZNI NAMOYON QILING VA SOVRINNI QO‘LGA KIRITING!

TATU matbuot xizmati

#amirtemur684

#beshmuhimtashabbus

#kitobxonlik

#axborot_texnologiyalari

#tatu_tanlov

Rasmiy telegram kanal 👇👇👇

https://t.me/joinchat/AAAAAEUMjMtPtqeGTG26Sg