“Aloqa va axborotlashtirish sohasi uchun kadrlar tayyorlash sifatini oshirish muammolari” ilmiy uslubiy konferentsiyasi

  • Asosiy
  • “Aloqa va axborotlashtirish sohasi uchun kadrlar tayyorlash sifatini oshirish muammolari” ilmiy uslubiy konferentsiyasi

Toshkent axborot texnologiyalari universitetiprofessor- o‘qituvchilarining "Aloqa va axborotlashtirish sohasi uchun kadrlar tayyorlash sifatini oshirish muammolari” ilmiy uslubiy konferentsiyasi 2016 yil 6 yanvarkunio‘z ishini boshladi. Konferentsiya katta anjumanlar zalida soat 1000 da universitet rektori Xakim Asrorovich Muxitdinovning kirish so‘zi bilan boshlandi.  

“Aloqa va axborotlashtirish sohasi uchun kadrlar tayyorlash sifatini oshirish muammolari” ilmiy uslubiy konferentsiyasi 

"Mamlakatimizda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarning rivojlanishi universitet tomonidan ushbu soha uchun tayyorlanayotgan bakalavr va magistrlar tayyorlash sifatiga bo‘lgan talablarning yil sari oshib borishini taqozo etadi. 

Keyingi yillarda universitetda tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarning aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya sohasining kelajak rivoji talablariga javob berishini ta’minlash maqsadida, bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda, O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 martdagi PQ-1942 - son qarori bunga misol bo‘loldi desam mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ushbu Farmonga asosan yangi 8 ta bakalavriatura yo‘nalishi va 7 ta magistratura mutaxassisliklarining namunaviy o‘quv rejalari yaratildi, o‘quv rejalaridagi fanlar mazmuniga bo‘lgan talablar ishlab chiqildi. Ushbu o‘quv rejalari 2013-2014 o‘quv yilidan boshlab universitetda kadrlar tayyorlash jarayoniga tadbiq etildi. Yangidan yaratilgan o‘quv rejalariga 170 ta yangi nom va mazmundagi fanlar kiritilganligining o‘zi universitet professor-o‘qituvchilari oldiga bu fanlardan keng ma’noda o‘quv uslubiy majmualar yaratish bilan birga, bu fanlarni o‘qitish uslublarida yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni keng qo‘llash masalalarini asosiy vazifalardan biri qilib qo‘yildi. Bundan tashqari talabalarga mutaxassislik fanlaridan ingliz tilida mashg‘ulotlar olib boruvchi professor-o‘qituvchilarni tanlash, tayyorlash va ular tomonidan ingliz tilida mashg‘ulotlar olib borish 2013-2014 o‘quv yilidan boshlab amalga oshirilmoqda.

Vazirlar Maxkamasining 2013 yil 23 dekabrdagi 337-sonli qarori bilan Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tayyorlanayotgan bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalaridagi fanlar bloklari bo‘yicha o‘quv soatlari qayta taqsimlandi. 2016-2017 o‘quv yilida yangi o‘quv rejalari asosida birinchi bakalavrlar chiqarila boshlanadi. Hozirgi kunda yangi fanlar kiritilishi va AKTning o‘quv jarayoniga keng qo‘llanilishi o‘quv-uslubiy ishlarni yanada rivojlantirishni taqozo etmoqda. Bu o‘z navbatida kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga bevosita ta’sir qiladi.

Shu maqsadda universitetimizda xar yili professor-o‘qituvchilarning an’anaviy ilmiy uslubiy konferentsiyasi o‘tkazib kelinadi.

Bugun o‘z ishini boshlaydigan Toshkent axborot texnologiyalari universitetiprofessor-o‘qituvchilarining ilmiy uslubiy konferentsiyasi "ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh SOHASI UChUN KADRLAR TAYYoRLASh SIFATINI OShIRISh MUAMMOLARI” deb nomlangan. 

Ushbu konferentsiyada 6-ta sektsiya ishlaydi:

1- sektsiya.Telekommunikatsiya sohasi uchun kadrlar tayyorlash sifatini oshirish muammolari

2-sektsiya. Kompyuter va dasturlash texnologiyalar soxasi uchun kadrlar tayyorlash sifatini oshirish muammolari

3- sektsiya. AKT sohasi iqtisodiyoti va menejmenti uchun kadrlar tayyorlash muammolari

4- sektsiya. AKT sohasida kasbiy ta’lim va axborot-kutubxona sohasi uchun kadrlar tayyorlash sifatini oshirish masalalari

5- sektsiya. Televidenie, radioeshittirish va televizion texnologiyalar sohasi uchun kadrlar tayyorlash muammolari

6- sektsiya. Aloqa va axborotlashtirish sohasi uchun kadrlar tayyorlash sifatini oshirishda ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlarning o‘rni 

Konferentsiyadastur-taklifnomasida ishlash reglamenti, sektsiya raislari va o‘rinbosarlari shuningdek ishtirokchilar va ular taqdim etgan ma’ruza nomlari keltirilgan.

Bugungi boshlanayotgan ilmiy-uslubiy konferentsiya natijalari ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi." 

 

“Aloqa va axborotlashtirish sohasi uchun kadrlar tayyorlash sifatini oshirish muammolari” ilmiy uslubiy konferentsiyasi