Kompyuter texnologiyalari va aloqa kolleji TATU qoshidagi texnikumga aylantirildi!

  • Asosiy
  • Kompyuter texnologiyalari va aloqa kolleji TATU qoshidagi texnikumga aylantirildi!

 "Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 06.09.2019-yildagi  № PF 5812 farmoniga muvofiq Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumani Nurafshon MFYda joylashgan Kompyuter texnologiyalari va aloqa kolleji Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti (TATU) qoshidagi texnikumga aylantirildi.

Bu texnikum oliy taʼlim tizimi bilan integrallashgan oʻrta maxsus professoional taʼlim tizimi boʻlib, Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti (TATU) xuzurida faoliyat yuritadi.

Vodiydagi yagona texnikumga: umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejini tamomlagan, “Hayot davomida taʼlim olish” prinsipi asosida kamida umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar kunduzgi taʼlim shaklida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi.

  • Oʻqish muddati 2 yil

Texnikumni tamomlagan bitiruvchilarni oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga belgilangan tartib asosida imtihonlarsiz yakka tartibdagi suhbat orqali Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti (TATU) ga 2-kursdan oʻqishini davom ettirish huquqiga ega boʻladi.                                                              

Yangi oʻquv yili uchun quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha kunduzgi shaklda oʻqishga taklif qilinadi:

  • Kompyuter  injinering
  • Dasturlash  va  dasturiy  injinering
  • Axborot  xavfsizligi

Texnikumlarga www.texnikum.edu.uz elektron  platformasi orqali  abituriyentlarni   hujjatlarini qabul qilish tashkil etiladi.

Qabul 2020-yil 25 avgusdan – 25-sentyabrgacha davom etadi.

 Texnikumlarga   elektron   platforma  orqali qoʻyidagi hujjatlar qabul qilinadi:

1️⃣   Elektron ariza;

2️⃣   Umumtaʼlim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat (elektron) nusxasi yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasasini tamomlaganligi toʻgʻrisidagi diplom (elektron) nusxasi;

3️⃣   3x4 fotosurat.

                                                                                                                                    Manzil: Namangan viloyati Manzil Yangiqoʻrgʻon tumani Nurafshon MFY

Murojaat uchun tel:

+99897- 551-22-00,

 +998 97 254 61 00

TATU matbuot xizmati