9-fevral kuni g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

  • Asosiy
  • E'lonlar
  • 9-fevral kuni g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Bugun, 9-fevral kuni g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Sohir so‘z san’atkori, buyuk shoir Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan “Nazm bo‘stonining buyuk sultoni” nomli katta adabiy-badiiy tadbir bo'lib o'tdi.

✨ Ushbu tadbirda O‘zbekiston xalq shoiri, jamoat arbobi Iqbol Mirzo, el-suygan san'atkorlar, xalq artistlari Orolmirza Safarov, Aziz Rajabiy va bir qator san'at sohasining vakillari hamda tahsil olib kelayotgan talabalar o'z chiqishlari bilan tadbirga ko'rk qo'shib berdi.

🪫 Tadbirda buyuk bobokalonimizning hayoti, boy madaniy merosi va bugungi kunda yoshlar tarbiyasidagi o‘rni xususida fikr yuritildi. Hazrat Navoiy asarlari dunyo xalqlarining bebaho ma’naviy merosiga aylangani qayd etildi.