Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi

  • Asosiy
  • Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi

“Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish hamda axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident qarori (PQ-160-son, 30.04.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, muhandislik va IT sohasida kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi.

Universitetning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan

🔹matematika, aerokosmik texnologiyalar, muhandislik, IT va sun’iy intellekt sohalari uchun zamonaviy bilim va malakaga ega oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash;

🔹ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, shuningdek, chet ellardagi nufuzli, tan olingan ilmiy markazlar bilan yaqindan hamkorlik qilish, talabalarni ilmiy va innovatsion faoliyatga keng jalb etish.

📋Universitetda ta’lim jarayoni 2025/2026 o‘quv yilidan tashkil etiladi hamda talabalarni o‘qitish davlat va ingliz tillarida kredit-modul tizimi asosida olib boriladi.

📝V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutining Urganch filiali Universitet binosida tashkil etiladi hamda har bir ilmiy xodimga talaba biriktirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi

✔️Universitetda ta’lim jarayoni davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.