
Universitetimiz ilmiy va pedagogik faoliyat doirasida jahonning bir qator nufuzli universitetlari bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. Ana shunday xalqaro hamkorlik doirasida Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy Universitetining 2-bosqich magistratura talabalari 2025-yil 31-martdan 12-aprelgacha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida stajirovka o‘tadilar.
Amaliyot davomida stajyorlar universitetimizdagi o‘quv va amaliy laboratoriyalar, zamonaviy kutubxona, media markazi va boshqa infratuzilma imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular uchun "Televizion va media texnologiyalar" hamda "Sun’iy intellekt" kafedralari professor-o‘qituvchilari tomonidan ma’ruza va amaliy darslar tashkil etildi.
Stajirovka yakunida mehmon magistrantlar o‘zlarining ilmiy izlanishlari va dissertatsiya mavzulari bo‘yicha ilmiy seminar doirasida taqdimot qildilar va maxsus guvohnomalar bilan taqdirlandilar.