30 may kunidan boshlab TATU "Axborot
kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment” fakultetining
"Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ham bakalavr
bosqichi bitiruvchilari BMIlarini himoya qilishmoqda. 4 kundan beri davom
etayotgan BMIlar himoyalarida ko‘rilgan bitiruv ishlar mazmuni, yangiligi va
ma’lum maqsadga yo‘naltirilganligi bilan ajralib turibdi.
Ayniqsa, shu kungacha himoya qilgan bakalavrlar R.Sultamuratova, M.Asrorovalar
o‘z ishlarini alo darajada himoya qilishganligi, Sh.Latipov esa o‘z ishini chet
tilida taqdim etganligi va faolligi bilan ajralib turdi.
Bitiruv ishlari himoyalari davom etmoqda.