DIQQAT AKSIYA!

DIQQAT AKSIYA!

    “3 dekabr – xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan, 20 noyabrdan – 1 dekabrga qadar universitetda “SЕN YOLG‘IZ EMASSAN” shiori ostida aksiya e’lon qilindi. Aksiya doirasida yig‘ilgan turli ertak va badiiy kitoblar hamda o‘quv qurollarini Yunusobod tumanidagi 31-mexribonlik uyining 87-yordamchi maktabi tarbiyalanuvchilariga hadya etish rejalashtirilgan. Kimningdir mehri va yordamiga muxtoj bo‘lgan yetim va nogiron bolalarga beg‘araz yordam berishni xoxlagan talaba va o‘qituvchilarni ushbu aksiyada ishtirok etishlari mumkin. Aksiya yuzasidan savollar bilan fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari yoki Ma’naviy-axloqiy tarbiya bo‘limi (A bino, 224-xona)ga murojaat etishlari mumkin.

QALBI EZGULIKKA LIMMO-LIM TALABALARNI AKSIYADA ISHTIROK ETISHGA CHORLAB QOLAMIZ!