#imkoniyat #Xitoy #hamkorlik
❗️TATU talabalari uchun ajoyib imkoniyat!!!
🌐QS va THE Dunyo universitetlari reytingida TOP-300 ga kiruvchi Xitoy Xalq Respublikasining Xi’an Jiaotong Universitetining magistratura va PhD dasturlarida 100% lik scholarship va undan tashqari yashash joyi, sug‘urta hamda oylik stipendiya bilan o‘qishni davom ettiring.
🗒Eslatib o‘tamiz, TATU rektori B.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiyaning Xi’an Jiaotong Universitetga tashrifi doirasida universitet "The University Alliance of the Silk Road" alyansiga a’zo bo‘lgan edi. Ushbu dastur alyans a’zo universitetlarning, shuningdek, endilikda TATU talabalariga Xi’an Jiaotong Universitetining har qanday yo‘nalishi bo‘yicha Xitoy hukumati stipendiyasi va Xi’an Jiaotong xalqaro talabalar stipendiyasini qo‘lga kiritish imkoniyati beriladi.
📌2024-yil kuzgi semestriga mo‘ljallangan ushbu grant dasturi uchun TATUning 10 ta bitiruvchisi qo‘lga kiritishi belgilab olingan.
✅ Mazkur grant loyihasida 2 turdagi scholarship mavjud bo‘lib, ular quyidagicha:
1️⃣. Chinese Government Scholarship ( 88800 RMB ($12.516 USD) bir kishi uchun yillik), jumladan, yotoqxona, tibbiy sug‘urta, oylik stipendiya (Magistratura uchun 3000 RMB ($420 USD), PhD uchun 3500 RMD ($490 USD) )
2️⃣. XJTU-Xi’an City Government Belt & Road Scholarship/XJTU SIYUAN International Student Scholarship ( 88800 RMB ($12.516 USD) bir kishi uchun yillik), jumladan, yotoqxona, tibbiy sug‘urta, oylik stipendiya (Magistratura uchun 3500 RMB ($490 USD), PhD uchun 4500RMD ($635 USD) )
📄Grant dastur uchun talablar quyidagicha:
🟢 Sog‘lom bo‘lishi;
🟢 Til sertifikati: IELTS 6.5, TOEFL 90;
🟢 Yoshi: Magistratura uchun 35 yoshdan kichik va PhD uchun 40 yoshdan kichik bo‘lishi;
🟢Magistratura uchun Bakalavr diplomi, PhD uchun Magistr darajasiga ega bo‘lishi;
🟢GPA: 3.5 (4dan) 88% dan yuqori bo‘lishi talab etiladi.
Hujjat topshirish oxirgi muddati: 2024-yil, 15-fevral.
📁Hujjat topshirish uchun havola. (https://forms.gle/PYCYtdpjjcka2syr7)
⬇️Dasturni yuklab olish. (https://drive.google.com/file/d/12ZZhtDAZaxLQuT1Xqqp9kHorR4ffDnmv/view?usp=sharing)