
Yandex Uzbekistan Coding and Math Contest 2025 ishtirokchilarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
Talabalar va IT sohasida endigina faoliyat boshlagan mutaxassislar uchun tashkil etilgan tanlov dasturlash va matematika yo‘nalishlarida ikki bosqichli onlayn musobaqadan iborat bo‘ldi. Tanlov topshiriqlari xalqaro ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan edi.
G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi va 65 million so‘mlik mukofot jamg‘armasini o‘zaro taqsimlashdi.
Universitetimizning Sport dasturlash bo‘yicha terma jamoa a’zosi Miroqilov Davlatbek faxrli natijalarni qo‘lga kiritib umumiy 9 mln so‘m pul mablag‘i va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Davlatbekni ushbu natija bilan tabriklaymiz tabriklaymiz — bu ulkan g‘alabalar sari yo‘ldagi yutuqlardan biri bo‘lsin!