Ajdodlar ruhi qo‘llaydi bizni...

  • Asosiy
  • Ajdodlar ruhi qo‘llaydi bizni...

TATUda 13 fevral kuni Gumanitar fanlar kafedrasi tashabbusi bilan buyuk ajdodimiznig Zahiriddin Muxammad Bobur tavalludining 533 yilligiga bag‘ishlangan "Zahiriddin Muhammad Bobur ilmiy merosining yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni” mavzuida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yurtimiz mustaqillikka erishgach, ajdodlarimiz tarixiga e’tibor kuchaygani, Bobur va boshqa bir qancha buyuk ajdodlarimizninig nomi aynan mustaqillik sharofati bilan qayta jonlangani, bugungi kunda yurtimizda Boburning tarixi maktab darsliklaridan o‘rin olganligi, ko‘chalarimiz, qishloqlarimiz, ko‘plab istirohat bog‘lari Bobur nomi bilan atalgani bejiz emasligi, undan tashqari bu yil yurtimizda o‘zbek mumtoz adabiyotining buyuk namoyondasi, shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 533 yilligi nishonlanayotganligi tadbir davomida ta’kidlab o‘tildi.

Tadbirda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti katta ilmiy xodimi, t.f.n. N.O‘.Xidirova, O‘zbekiston xalq xofizi, O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti professori Orolmirzo Safarov, O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi talabalari, TATU "Gumanitar fanlari” kafedra professor-o‘qituvchilari hamda 400 nafar talabalar ishtirok etishdi.

Darhaqiqat, buyuk mutafakkir va davlat arbobi Zaxiriddin Muhammad Bobur asarlari ma’naviy quvvati, insonparvarlik g‘oyalariga yo‘g‘rilgani bilan ahamiyatli. Ular asrlar mobaynida insoniyatni ezgulikka, hamjixatlikka, ilm-ma’rifatga chorlab kelmoqda. Xalqimiz uchun cheksiz faxr-iftixor timsoli bo‘lgan shoir ijodi ulkan tarbiyaviy manbadir. Yoshlarimiz bu umrboqiy asarlarni ishtiyoq bilan o‘rganayotgani, mazmun-mohiyatini qalbiga jo etayotgani quvonarli.

O‘tkazilgan ushbu tadbir yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

 

Ajdodlar ruhi qo‘llaydi bizni...

 

Ajdodlar ruhi qo‘llaydi bizni...

 

Ajdodlar ruhi qo‘llaydi bizni...

 

Ajdodlar ruhi qo‘llaydi bizni...

 

Ajdodlar ruhi qo‘llaydi bizni...

 

Ajdodlar ruhi qo‘llaydi bizni...

 

Ajdodlar ruhi qo‘llaydi bizni...