🏦 Agrobank va AgroVentures bilan hamkorlikda korporativ akseleratoriga arizalar qabulini boshladi
🚀 Startaplar uchun 12 haftalik akseleratsiya dasturi oʻtkaziladi
Agro, fintex, AI yoki bank va fermerlar uchun foydali yechim ustida ishlayapsizmi? Uni Agrobank bilan real pilotda sinab koʻring.
🔵 Agrobank, uning korxonalari va portfel kompaniyalarida pilot loyihalar
🔵 Har bir jamoaga shaxsiy mentor, xalqaro va mintaqaviy ekspertlar bilan haftalik sessiyalar
🔵 AgroVentures fondi va hamkor investorlar oldida Demo Day
🔵 Dasturni muvaffaqiyatli yakunlaganlar uchun 500 ming dollargacha sarmoya jalb qilish imkoniyati
🔵 Ishtirok bepul, startapdan ulush olinmaydi
📌 Dasturga 20 tagacha startap tanlab olinadi.
👉 Ariza topshirish
⏰ Soʻnggi muddat: 9-noyabr