Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, maʼnan yetuk qilib tarbiyalash, bilim va kasbiy mahoratini rivojlantirish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetiga biriktirilgan Yunsobod tumanidagi "Ahmad Donish" va "Bog'i-Eram" mahallalariga kitoblar topshirildi.
Maqsad yoshlarni kitobga qiziqishini oshirish, mutolaa zavqini uyg‘otish, mahalla va har bir oilada kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishdir.