Abituriyentlar va 1-kurs talabalari diqqatiga!

  • Asosiy
  • Abituriyentlar va 1-kurs talabalari diqqatiga!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va Koreya Respublikasining Yeungnam universiteti (YU) bilan hamkorlikda tashkil etilgan “2+2 Double Degree” qo‘shma ta’lim dasturiga qabul boshlandi.

“2+2 Double Degree” dasturida quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:
- “Axborot va kommunikatsiya muhandisligi” (Information and Communication Engineering);
- “Kompyuter injiniring” (Computer Engineering).

Ushbu dasturda barcha darslar ingliz tilida olib boriladi.

Dastur ikki bosqichdan iborat bo‘lib:
1-bosqichda talabalar 2 yil davomida TATUda tahsil oladilar;
2-bosqichda qolgan 2 yilni YUda davom ettirishadi.

Ushbu dastur bo‘yicha o‘qishni tamomlagan talabalarga tegishli ravishda YU va TATU tomonidan ikkita bakalavr diplomi beriladi.

Hujjatlarni online topshirish uchun: https://yu.tuit.uz/admission

❗️ Shoshiling, joylar soni chegaralangan. Qabul 20-iyulgacha davom etadi.

Batafsil ma’lumot uchun:
+99871-235-09-00
+99871-238-55-55