Abituriyentlar uchun ochiq muloqot: “Yetakchi IT universitetlarda ta’lim olish imkoniyatlari va afzalliklari”

  • Asosiy
  • Abituriyentlar uchun ochiq muloqot: “Yetakchi IT universitetlarda ta’lim olish imkoniyatlari va afzalliklari”

2025/2026 o‘quv yili uchun test sinovlari yakuniga yetdi. Endi esa oldingizda eng muhim qarorlardan biri turibdi — qaysi universitet va qaysi mutaxassislikni tanlash kerak?

Agar siz kelajagingizni axborot texnologiyalari sohasi bilan bog‘lamoqchi bo‘lsangiz, ushbu ochiq muloqot aynan siz uchun tashkil etilmoqda!

Jonli efir davomida quyidagi masalalar muhokama qilinadi:

➡️IT sohasida faoliyat yuritishni istagan abituriyentlar uchun eng mos universitetlar va yo‘nalishlar;
➡️Grant va to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyatlari, mavjud kvotalar;
➡️Xalqaro dasturlar, qo‘shma fakultetlar va xorijda amaliyot o‘tash imkoniyatlari;
➡️TATU, Inha, Amity, Cyber University, Acharya, ITPU, JDU, TIUE va boshqa yetakchi IT universitetlari rektorlariga bevosita savol yo‘llash imkoniyati.

👥Tadbir ishtirokchilari:

➡️Raqamli texnologiyalar vazirligi vakillari
➡️Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi mutaxassislari
➡️Yetakchi IT universitetlarining rektorlari

❕Sizni qiziqtirgan savollarni hozirdanoq tayyorlab qo‘ying va IT sohasida to‘g‘ri yo‘nalishni tanlashda muhim imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

⭕️ Jonli efirni quyidagi platformada tomosha qiling:
➡️ https://youtube.com/live/UC1aFPl39Xc=