Test sinovida ishtirok etgan boʻlsangiz, qabul jarayoni davom etayotganini unutmang!
25-iyuldan 8-avgustga qadar my.uzbmb.uz platformasi orqali:
✅ oliy taʼlim tashkiloti;
✅ bakalavriat taʼlim yoʻnalishi;
✅ taʼlim shaklini (kunduzgi, kechki yoki masofaviy) tanlashingiz shart.
5 tagacha oliy taʼlim tashkiloti va yoʻnalishni tanlash mumkin.
Tanlovni 8-avgustga qadar oʻzgartirish mumkin. Muddat tugagach esa hech qanday oʻzgartish kiritilmaydi.
Tanlovni tasdiqlagandan keyin shakllanadigan «Abituriyent qayd varaqasi»ni yuklab olib, saqlab qoʻyishni unutmang.