G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti rektori, akademik Abdurahmonov Qalandar Xodjayevich tashrif buyurdilar.

  • Asosiy
  • G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti rektori, akademik Abdurahmonov Qalandar Xodjayevich tashrif buyurdilar.

🏛Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga​ G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti rektori, akademik Abdurahmonov Qalandar Xodjayevich tashrif buyurdilar.

✅Uchrashuv davomida almashinuv dasturlari, ilmiy loyihalarni birgalikda amalga oshirishda amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi.

✅Shuningdek, talabalarga yaratilgan sharoitlar, pedagoglarning ilmiy salohiyati haqida ma’lumot berildi. Suhbat davomida xalqaro darajadagi zamonaviy, o‘z sohasining yetuk mutaxassislarini tarbiyalash universitetning ustuvor maqsadi ekanligi ta’kidlab o‘tildi.