9-SINF BITIRUVCHILARI VA OTA-ONALAR DIQQATIGA!!!

  • Asosiy
  • 9-SINF BITIRUVCHILARI VA OTA-ONALAR DIQQATIGA!!!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “2023/2024-oʻquv yili uchun akademik litseylarga oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish jarayonini tashkil etish toʻgʻrisida”gi buyrug‘iga asosan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Yagona ta’lim xizmatlari portali” my.edu.uz (http://my.edu.uz/) platformasi orqali Muhammad al- Xorazmiy nomidagi TATU akademik litseyiga  2023- yil 30-iyunga qadar bepul onlayn hujjat topshiriladi.
Respublikamizdagi umumta’lim maktablarning 9- sinf bitiruvchilari haqidagi ma’lumot platformada avtomatik shakllanadi. Faqat ular imtiyoz beruvchi hujjat va 3,5x4,5 hajmdagi fotosurat (agar pasport/ID olmagan bo‘lsa) yuklashlari zarur bo‘ladi.
Shuningdek, platformada:
– abituriyent ta’lim yo‘nalishi, tili, qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini ko‘rsatadi;
– ularga uchtagacha akademik litseyning ta’lim tili bir xil bo‘lgan bittadan mos yo‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi.
"Call- center"
Telefonlar:  (71) 235- 03- 69;
90- 032- 12- 84;
93- 581- 37- 47;
93- 557- 49- 40;

my.edu.uz (https://my.edu.uz/)
Yagona ta’lim portali
Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tizimiga oid interaktiv xizmatlar