Oliy taʼlim muassasalari iqtidorli talabalarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida taʼsis etilgan davlat stipendiyalari uchun oʻtkazilgan tanlovlarda universitetimiz va uning hududiy filiallari talabalari ham ishtirok etib, quvonarli yutuqlarni qoʻlga kiritdilar.
Marhamat ular bilan tanishing:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasiga: TATU Nukus filiali “Dasturiy injiniring” fakulteti talabasi Arman Nurniyazov;
Beruniy Davlat stipendiyasiga:
- TATU Dasturiy injiniring fakulteti 4-bosqich talabasi Islomova Munisa Xamza qizi;
- TATU Televizion texnologiyalar fakulteti 4-bosqich talabasi Olimova Shaxloxon Baxtiyor qizi;
- TATU AKT sohasida iqtisod va menejment fakulteti 4-bosqich talabasi Aminova Rushana Faxriddin qizi;
- TATU Kompyuter injinering fakulteti 4-bosqich talabasi Raximova Sayyora Yashin qizi;
- Urganch filiali Kompyuter injiniring fakulteti 4-bosqich talabasi Ibadullayeva Zarnigor Ollayar qizi;
- Fargʻona filiali Axborot xavfsizligi fakulteti 4-bosqich talabasi Muhammadjonov Hojiakbar Zafarjon oʻgʻli;
- Nukus filiali Kompyuter injiniring fakulteti 4-bosqich talabasi Jaksulikov Shariyar Alliyar oʻgʻli.
Islom Karimov Davlat stipendiyasiga:
TATU Fargʻona filiali Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti 4-bosqich talabasi Nabijonov Ravshanbek Muhammadjon oʻgʻli sazovor boʻldilar.
Biz yuqorida ismi-shariflari keltirilgan tengdoshlarimizni erishgan yutuqlari bilan tabriklab, keyingi oʻqishlarida faqat omadlar tilab qolamiz!
TATU matbuot xizmati