🟦9 may – "Xotira va qadrlash kuni"ga bag‘ishlab “Ikkinchi jahon urushi xotiralarda” nomli tadbiri o‘tkazildi va talaba-yoshlar bilan «Shon-sharaf» davlat muzeyi, «Mangu jasorat» va «Matonat madhiyasi» monumentlarini, tarixiy-badiiy ekspozitsiyalarni o‘z ichiga olgan «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasiga sayohat uyushtirildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis senati, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʼzbekiston yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadimiz”, "G‘alabaga erishganimizning 78 yilligi" va “9-may – Xotira va qadrlash kuni” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda universitetning professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlari ishtirok etishdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar bugungi global dunyoda tinchlikning qadri, Ikkinchi jahon urushining insoniyatga yetkazgan zarari, mazkur urushda ishtirok etgan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish nechog‘li ahamiyatga ega ekanligi xususida fikrlar bildirishdi.