Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B. Maxkamov Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi o‘zi tahsil olgan 9-ixtisoslashtirilgan umumta'lim davlat maktabiga tashrif buyurdilar.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B. Maxkamov Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi o‘zi tahsil olgan 9-ixtisoslashtirilgan umumta'lim davlat maktabiga tashrif buyurdilar.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B. Maxkamov Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi o‘zi tahsil olgan 9-ixtisoslashtirilgan umumta’lim davlat maktabiga tashrif buyurdilar.

Tashrif chog‘ida maktab davrlarni esga olib, o‘quvchilarga qiziqarli voqealardan so‘zlab berdilar. - Men ham shu maktabning partalarida o‘tirganman, mana shu darsxonalarda tahsil olganman. Sizlar ham ustozlarimizdan olgan bilimlaringizni yurtimiz ravnaqi va farovonligi uchun sarf etadigan yuqori salohiyatga ega bo‘lgan avlod bo‘lib yetishasiz deb umid qilaman. Sababi, ushbu maktabda ta’lim berayotgan o‘qituvchilarning salohiyati juda katta va bu maktabda bilim juda yaxshi beriladi. - deb, o‘quvchilarga o‘z samimiy tilaklarini bildirdilar.

Shuningdek, B. Maxkamov alohida shu maktabda uzoq yillardan buyon yoshlarga tahsil berib kelayotgan ustozlarga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdilar.