Joriy yilning 7-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va “Kiberxavfsizlik” markazi DUK о’rtasida о’zaro hamkorlik kelishuvi imzolandi
✅Ushbu kelishuv kiberxavfsizlikni ta’minlashning dasturiy-apparat majmualari, texnik vositalari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish hamda shu sohada xizmatlar kо’rsatish bilan bir qatorda bugungi kundagi raqamli iqtisodiyot sohasida raqobatbardosh mahsulot, innovatsion startap loyihalarini amalga oshirish shu bilan birga kiberxavfsizlik sohasida talaba va pedagog xodimlarning ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish bо’yicha о’zaro hamkorlikni nazarda tutadi.