“Audiovizual texnologiyalar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Toshkent shahri Shayxontahur tumanidagi 84-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdilar.

  • Asosiy
  • “Audiovizual texnologiyalar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Toshkent shahri Shayxontahur tumanidagi 84-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdilar.

Joriy yilning 1-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Televizion texnologiyalar” fakultetining “Audiovizual texnologiyalar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Toshkent shahri Shayxontahur tumanidagi 84-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdilar.

Unda TATU va 84-maktab o’rtasidagi shartnomalar ko’rib chiqildi va kafedra professor-o‘qituvchilari va maktab o‘qituvchilari o’rtasida zamonaviy ta’lim turlari, ularning o‘zaro integratsiya jarayonini yangilash, yoshlarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va qilinishi kerak bo'lgan rejalar kelishib olindi.