Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilari Toshkent shahri Shayxontahur tumanidagi 84-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdilar.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilari Toshkent shahri Shayxontahur tumanidagi 84-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdilar.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Televizion texnologiyalar” fakultetining “Audiovizual texnologiyalar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Toshkent shahri Shayxontahur tumanidagi 84-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdilar.

Maktabda tahsil olayotgan 10-11-sinf o’quvchilarining qiziqishlariga qarab “3D modellashtirish va raqamli animatsiya”, “Kompyuter grafikasi”, “Raqamli ovoz yozish texnologiyasi” fanlaridan tashkil etilgan o‘quv-to’garaklari haqida ma’lumot berildi va ushbu to’garaklardan “Master klass” o’tildi.

TATU va 84-maktab professor-o‘qituvchilari o’rtasida zamonaviy ta’lim turlari, hamda ularning o‘zaro integratsiyalashuvi, yoshlarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilishi kerak bo’lgan rejalar hamda istiqbolli loyihalar kelishib olindi.