Rossiya Federatsiyasining IT kompaniyalari bilan uchrashuv

  • Asosiy
  • Rossiya Federatsiyasining IT kompaniyalari bilan uchrashuv

Rossiya Federatsiyasining IT kompaniyalari bilan uchrashuv

🏛Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Rossiya Federatsiyasining Megafon va Omega group kompaniyalari rahbarlari tashrif buyurdi

✅Uchrashuv qizg‘in ruhda kechib, tomonlar IT sohasidagi amaliy ishlar, loyihalar va tijoratlashtirish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Muhokamalar davomida IT sohasining zamonaviy tarmoqlari: sun’iy intellekt, robototexnika, sun’iy yo‘ldosh aloqasi, 3D-printing texnologiyasining iqtisodiyot real sektorlariga tadbiqi bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.

📌Tomonlar yaqin muddatlarda texnik va innovatsion ishlanmalar va loyihalar bo‘yicha o‘zaro ko‘rgazma va taqdimotlarni tashkil qilish, uning natijasida hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini belgilab olishga kelishdilar.