Sovrin jamg‘armasi 100 000 000 so‘m bo‘lgan IT MARAFON  2022 uch bosqichda o‘tkaziladi.

  • Asosiy
  • Sovrin jamg‘armasi 100 000 000 so‘m bo‘lgan IT MARAFON  2022 uch bosqichda o‘tkaziladi.

🔥🔥🔥Sovrin jamg‘armasi 100 000 000 so‘m bo‘lgan IT MARAFON  2022 uch bosqichda o‘tkaziladi.

🔥🔥1-bosqichda

O‘zbekistondagi barcha 12 - 25 yosh oralig‘idagilar va TATU 1-bosqich talabalari 30 kun davomida marafonda ishtirok etadilar va marafonning  virtual yo‘lagini o‘z aql zakovatlarini ishlatgan holda bosib o‘tadilar. 30 kunlik marafonning intensiv darslari har hafta bepul online olib boriladi. Marafon natijalari yuqori bo‘lgan  ishtirokchilar sovrinli bosqichlar ya’ni ikkinchi va uchinchi bosqichga yo‘llanma oladilar.

🔥🔥2-bosqichda

Bu bosqichda faqat TATU va uning filiallari 1 - bosqich talabalari qatnasha oladilar, ikkinchi bosqich 2022-yilning aprel oyi oxirida TATU va filiallari miqyosida o‘tkaziladi.

🔥🔥3-bosqichda

Barcha 12 – 17 hamda 18-25 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar orasidan tuzilgan 3 kishidan iborat jamoalar orasida bo‘lib o‘tadi. Uchinchi bosqich 2022 - yilning may oyi oxirida Respublika miqyosida o‘tkaziladi.

Sovrin jamg‘armasi – 100 000 000 so‘m

🔥🔥Marafonning 2-bosqichi (TATU va uning filiallari 1-bosqich talabalari o‘rtasida) uchun ajratilgan sovrin:

1-o‘rin – 8 000 000 So‘m;
2-o‘rin – 6 000 000 So‘m;
3-o‘rin – 3 000 000 So‘m;
Eng tez coder – Sovg‘a;
Eng sodda algoritm – Sovg‘a;
Eng yosh dasturchi – Sovg‘a;
Eng murakkab dastur – Sovg‘a;


🔥🔥Marafon 3-bosqichining  12 – 17  yosh oralig‘ida bo‘lgan barcha uchun 3 kishilik jamoalar o‘rtasida ajratilingan sovrin:

1-o‘rin olgan jamoa – 12 000 000 So‘m;
2-o‘rin olgan jamoa – 9 000 000 So‘m;
3-o‘rin olgan jamoa – 6 000 000 So‘m;
Eng tez coder jamoasi – Sovg‘a;
Enga sodda algoritm jamoasi – Sovg‘a;
Eng yosh dasturchi jamoasi – Sovg‘a;

🔥🔥Marafon 3-bosqichining  18 – 25  yosh oralig‘ida bo‘lgan barcha uchun 3 kishilik jamoalar o‘rtasida ajratilingan sovrin:

1-o‘rin olgan jamoa – 15 000 000 So‘m;
2-o‘rin olgan jamoa – 12 000 000 So‘m;
3-o‘rin olgan jamoa – 9 000 000 So‘m;
Eng tez coder jamoasi – Sovg‘a;
Enga sodda algoritm jamoasi – Sovg‘a;
Eng yosh dasturchi jamoasi – Sovg‘a;

Kanalimizni kuzatib boring, marafon haqidagi yangiliklarni shu yerda e’lon qilib boramiz: @robocontest
Agar savollar bo‘lsa @robocontest_chat ga murojaat qiling.